354

Akademiya kengashining navbatdan tashqari, kengaytirilgan majlisi o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Akademiya kengashining navbatdan tashqari, kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Akademiya rahbariyati, kengash a’zolari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari, professor-o‘qituvchilar hamda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot, Malaka oshirish, “Ziyo” media markazlari, Nashriyot matbaa birlashmasi, Akademik litsey, “Ziyo-Zukko” maktabi rahbar va xodimlari ishtirok etdi.

Majlisni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori, kengash raisi Muzaffar Komilov olib bordi.

Navbatdan tashqari kengaytirilgan majlis Akademiyada Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining ta’lim-tarbiya bo‘yicha o‘rganish natijalari to‘g‘risida bo‘ldi. Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazilgan yig‘ilishida muassasa oldida turgan muhim va dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi. 

Shuningdek, o‘rganish natijalari bo‘yicha Akademiyada tashkiliy-boshqaruv faoliyat samaradorligi, kadrlar tayyorlash faoliyatining mehnat bozori ehtiyojlariga muvofiqligi va ta’lim dasturlarining sifati, professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati va pedagogik mahorati, ilmiy-tadqiqot ishlarining natijadorligi, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va o‘quv-uslubiy ta’minot, xalqaro hamkorlik, ma’naviy-tarbiyaviy faoliyat tahlil etildi. Yechimini kutayotgan holatlar bo‘yicha tegishli soha rahbar va xodimlarigako‘rsatmalar berildi. Kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olinadi.


O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish