368

Talabalar o‘rtasida sport bellashuvlari o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Oltin davrim” shiori ostida talabalar oyligi doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar rejasi bo‘yicha turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, sport bellashuvlari o‘tkazilmoqda. Jumladan, kuni kecha Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti tashabbusi bilan talaba-yoshlar o‘rtasida sportning shaxmat-shashka, stol tennisi, voleybol turi bo‘yicha bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Yoshlarni sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, sog‘lom turmush-tarziga rioya qilish, besh tashabbus doirasida muntazam tashkil etilayotgan ma’rifiy tadbirlarda talabalar faol ishtirok etib kelmoqda. 

Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti tashabbusi bilan o‘tkazilgan sport bellashuvlari ham o‘ziga xos tarzda o‘tdi. Ushbu musobaqalarda faol ishtirok etib, yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan g‘oliblarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.


O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish