357

Korrupsiya – jamiyat rivojiga to‘siq

So‘nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim islohotlar amalga oshirildi. Aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yo‘naltirilgan tizimli choralar ko‘rilmoqda.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohimjon Inomov, Ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi departamenti Prоbаtsiya xizmati yetakchi mutaxassis psixologi, katta leytenant Ahror Serkaboev, Shayxontohur tumani Ichkiishlar bo‘limi yoshlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, kapitan Azizbek Yusufjonov, Akademiya prorektorlari – Zohidjon Islomov, Ilyos Mirziyotov, Zokirjon Ro‘ziyev, Korrupsiyaga qarshikurashish “Komplаens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi Shuhrat Eshmatov ishtirok etdi.

Shuningdek, davra suhbatida fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar, bo‘lim boshliqlari, xodimlar qatnashdi.

Davra suhbatida yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, poraxoʻrlik, tamagirlik kabi huquqbuzarliklarni aniqlash va ularga chek qoʻyish, bunday jinoyatlarga qarshi jazo muqarrarligini har bir shaxs bilishi zarurligi haqida so‘z yuritildi.

Darhaqiqat, korrupsiya mamlakat taraqqiyotini ortga surib, kelajakni xavf ostida qoldiradi. Ayniqsa, ta’lim sohasidagi korrupsion holatlar rivojlanish va taraqqiyot yo‘lini tanlagan mamlakat yuksalishiga raxna soladi. Bunday jirkanch illatlarning tomir otishiga yo‘l berilsa, o‘sha joyda taraqqiyot va rivojlanish boy beriladi.

Tadbir davomida soha mutaxassislari tinglovchilarga mavzu bo‘yicha batafsil ma’lumot berishdi.


O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish