Otinoyilar uchun tashkil etilgan navbatdagi malaka oshirish o‘quvlari yakunlandi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida 2022-yilning 31-oktabr – 2-noyabr kunlari Toshkent shahrida faoliyat olib borayotgan otinoyilar uchun “Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda diniy-ma’rifiy soha xodimlarining oldida turgan dolzarb vazifalar” yo‘nalishida 36 soatlik malaka oshirish o‘quvlari tashkil etildi. Unda jami 104 nafar tinglovchilar ishtirok etdi.
Ushbu o‘quvlar uchinchi kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi Malika Kadirxanova “Milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish”, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi, PhD Ahmad Saad Damanhuriy “Aqidaparast kontentlarga ilmiy asosda raddiya berish uslublari: xalqaro tajriba”, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi katta o‘qituvchisi A’zamxon Qambarov “Mutaassib guruhlar ta’siriga tushgan shaxslarni reabilitatsiya qilish masalalari (O‘zbekiston tajribasi)” hamda Akademiya katta o‘qituvchisi Feruz Rashidov tomonidan “Mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish” mavzularida dars mashg‘ulotlari olib borildi.
O‘quvlar yakunida bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tinglovchilarga 36 soatlik malaka oshirish o‘quvlarini tamomlagani haqidagi sertifikat va estalik sovg‘alari topshirildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish