Forum tadbirlari davom etmoqda
“Markaziy Osiyo – Islom sanʼati oʻchogʻi” nomli xalqaro forumning rasmiy ochilish marosimidan soʻng “Movarounnahrda kitobat madaniyati” mavzusida islom amaliy sanʼati turlari boʻyicha festival va savdo yarmarkasi hamda Xalqaro islom xattotlik koʻrgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada Turkiyadan keltirilgan, shuningdek, mamlakatimizning Toshkent, Samarqand, Buxoro va Fargʻona viloyatlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasidan 30 nafarga yaqin hunarmand ustalar ishlari namoyish etilmoqda.
Bugun qayta chiroy ochayotgan tarixiy obidalarimiz, masjid va madrasalarimizning peshtoqidagi xattotlik namunalari kishi eʼtiborini oʻziga tortadi. Ayniqsa, yurtimizga tashrif buyurayotgan sayyohlarda katta qiziqish uygʻotadi. Xattotlik Sharq mamlakatlarida oʻziga xos alohida yoʻnalish kasb etgan va fan darajasiga koʻtarilgan bebaho sanʼat turidir. Oʻrta Osiyo xalqlari tomonidan islom dinining qabul qilinishi munosabati bilan bu oʻlkaga “Qurʼoni karim” nozil qilingan arab yozuvi kirib keldi. Bu sanʼat azaldan Sharqda husnixat, xattotlik, Gʻarbda esa kalligrafiya nomi bilan keng shuhrat qozongan.
Davlatimiz tarixida Buxoro, Xiva, Qoʻqon, Samarqand va Toshkent xattotlik maktablari shakllangan. Xattotlik sanʼatidan meʼmorchilik va xalq amaliy sanʼati jumladan, abru, kulolchilik, kandahorlik, mayolika, naqqoshlik, yogʻoch oʻymakorligi va zardoʻzlikda ham keng foydalanilgan.
Islom tarixi, sanʼati va madaniyatini tadqiq etish markazi (IRCICA) bilan hamkorlikda oʻtkazilayotgan forum doirasidagi festival, savdo yarmarkasi va koʻrgazma ham asrlar davomida ota-bobolarimizdan bizgacha yetib kelayotgan xattotlik, abru, kulolchilik, kandakorlik, mayolika, naqqoshlik, yogʻoch oʻymakorligi, qogʻoz ishlab chiqarish, miniatyura, zardoʻzlik, kashtachilik, pichoqchilik, gilamdoʻzlik sanʼatini yanada rivojlantirish, yurtimizning turli hududlarida mazkur sanʼat maktablarini tashkil etish va bu sohalarga qiziquvchilar orasida ushbu sanʼatni keng targʻib qilish maqsadlarini koʻzlaydi.
Tadbirlar ishtirokchilari mamlakatimizdagi mohir ustalar yaratgan islom amaliy sanʼatining benazir namunalaridan bahramand boʻlmoqda.
Forum tadbirlari davom etyapti.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish