196

“Markaziy Osiyo – Islom san’ati o‘chog‘i” nomli xalqaro forum boshlandi

“Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi”ning Samarqanddagi asosiy tadbirlaridan iborat “Markaziy Osiyo – Islom san’ati o‘chog‘i” nomli xalqaro forumning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov mehmonlarni qutlab, mamlakatimizda diniy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan islohotlar samaralari xususida so‘z oldi hamda forumning maqsad va vazifalari, uning doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlar mohiyati haqida ma’lumotlar berdi.   

Izoh qoldirish