280

Yurtimizning turizm istiqboli porloq

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovarov haftalikning ochilish marosimidagi nutqida xalqimizning boy qadim qadriyatlari, teran tarixiy ildizlari, buyuk alloma ajdodlari siyratiga to‘xtaldi.

Notiq yurtimizdagi mavjud madaniy meros obyektlari va tarixiy arxitektura yodgorliklari, shuningdek, tashkil etilgan haftalik davlatimiz turizm sohasining yangidan-yangi istiqbollarini ochib berishini ta’kidladi.

Shundan so‘ng so‘z Islom hamkorlik tashkiloti (OIS)ning Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq qilish markazi (IRCICA) Bosh direktori Mahmud Erod Qilichga berildi.

Islom hamkorlik tashkiloti (OIS)ning Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq qilish markazi (IRCICA) Bosh direktori Mahmud Erod Qilich haftalik doirasida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan hamkorlikda o‘tkaziladigan “Markaziy Osiyo – Islom san’ati o‘chog‘i” xalqaro forum tadbirlari haqida so‘z yuritdi. Forum doirasida tashkil etiladigan “Qur’oni karimning O‘zbekiston fondlarida saqlanayotgan qadimiy nusxalari” mavzusida xalqaro ko‘rgazma, “Movarounnahrda kitobat madaniyati” mavzusida islom amaliy san’ati turlari bo‘yicha festival va savdo yarmarkasi hamda “Qadimiy yozma manbalarni saqlash va tadqiq etish tizimini takomillashtirish masalalari” mavzusida xalqaro konferensiya, shuningdek, xalqaro islom xattotlik ko‘rgazmasi, Arab kalligrafiyasi bo‘yicha mahorat darsi va islom san’atiga oid davra suhbati tadbirlarining ahamiyati, O‘zbekistondagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari bilan islomiy madaniyat va ma’rifat yo‘nalishida olib borilayotgan hamkorlikning ayni holati to‘g‘risida axborot berdi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish