234

“Ziyorat turizmi haftaligi” boshlandi

Samarqand Yoshlar Markazi binosida mamlakatimiz shaharlarida o‘tkaziladigan “Ziyorat turizmi haftaligi”ning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda 40 ga yaqin xorijiy davlatlardagi nufuzli xalqaro tashkilotlar, yurtimiz va xorij mamlakatlari diniy tashkilotlari hamda davlat idoralari vakillari ishtirok etmoqda.

Tadbir Qur’on tilovati bilan boshlandi.

“Ziyorat turizmi haftaligi” ochilish marosimida so‘z olgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduxakimov o‘z nutqida haftalik mehmonlari va tadbir ishtirokchilarini qutlab, yurtimizning tobora ortib borayotgan turizm salohiyati, xorijlik sayyohlarning mamlakatimizga bo‘lgan qiziqishlari hamda yangidan-yangi turizm yo‘nalishlari haqida ma’lumot berdi.

Shuningdek, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovarov nutq so‘zladi.

Izoh qoldirish