Targ‘ibot guruhlari uchun malaka oshirish o‘quvlari samarali o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Oila va xotin-qizlar ilmiy-tadqiqot instituti hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida “Xotin-qizlarning radikallashuvi, ularning yot g‘oyalar va mutaassiblikka berilishining oldini olish masalalari” yo‘nalishida malaka oshirish o‘quvlari tashkil etildi.
Toshkent shahar va tumanlarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlardan iborat targ‘ibot guruhlari uchun tashkil etilgan 36 soatlik mazkur darslarda jami 270 nafar tinglovchi ishtirok etdi.
O‘quvlar boshlanishidan avval ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari Svetlana Artikova, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi O.Soliyev ishtirok etdi.
Dars mashg‘ulotlariga Madaniyat va Ichki ishlar vazirliklari, Yoshlar ishlari agentligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Ma’naviyat va ma’rifat markazi hududiy bo‘linmalarining mas’ul xodimlari, oliy o‘quv yurtlarining malakali professor-o‘qituvchilari, otinoyilar hamda “Oqila ayollar” harakati a’zolari jalb etildi.
Mazkur malaka oshirish o‘quvlaridan ko‘zlangan maqsad xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalarning xususiyatlaridan kelib chiqib, xotin-qizlarning radikallashuvini oldini olish, ularni turli yot g‘oyalar va mutaassib shaxslar salbiy ta’siridan asrash, “Toshkent shahar tajribasi” asosida targ‘ibot guruhlarining mahallabay va xonadonbay ishlash faoliyatlariga ko‘maklashish va tizimli ish tashkil etish ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishdan iborat.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish