“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusidagi muloqotlar davom etmoqda
Bugungi kunda muqaddas islom dinimizning insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etish, “Jaholatga qarshi ma’rifat” tamoyili asosida unib-o‘sib kelayotgan yoshlarni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalash yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Jamiyatimizda barqaror va sog‘lom muhitni ta’minlash maqsadida mutasaddilar tomonidan turli targ‘ibot tadbirlari, uchrashuvlar tashkil etilyapti.
Jumladan, poytaxtimizdagi “Xalqlar do‘stligi” saroyida o‘tkazilgan uchrashuv aynan shu mavzuga bag‘ishlandi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari bilan bir qatorda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Toshkent moliya instituti talabalari ham ishtirok etdi.
Muloqotda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Axborot xizmati rahbari Ilhom Ma’rupov davlat va din munosabatlari, islom dinining asl mohiyati, radikal, ekstremistik g‘oyalar to‘riga ilinishning ayanchli oqibatlari, mazkur jarayonlarda Prezidentimiz tomonidan eng yuqori minbarlar orqali ilgari surib kelinayotgan “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish” g‘oyasining ahamiyati tobora ortib borayotgani ta’kidlandi.
Tadbirda giyohvandlik, mutaassiblik va terrorizmning salbiy oqibatlari aks etgan “Jar yoqasida” va “Soxta da’volar” videofilmi namoyish etildi. Islom dinini niqob qilgan buzg‘unchi oqim va harakatlarning g‘ayriislomiy faoliyatlari mohiyati aniq faktlar asosida ochib berildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish