Saudiya Arabistoni Ilmiy-tadqiqotlar va ma’rifatni rivojlantirish markazi olimi Akademiyada mehmon bo‘ldi
Ayni paytda Saudiya Arabistoni Ilmiy-tadqiqotlar va ma’rifatni rivojlantirish markazi tadqiqotchi olimi, doktor Muhammad bin Abdurahmon Ol Shayx mamlakatimizda xizmat safari bilan bo‘lib turibdi. Tadqiqotchi olim ishtirokida yurtimiz oliy ta’lim muassasalarida arab tilini o‘qitish, o‘qituvchilarni tayyorlash masalalarini muhokama qilish maqsadida joylarda akademik uchrashuvlar va davra suhbatlari tashkil etilmoqda.
Mazkur tashrif davomida doktor Muhammad bin Abdurahmon Ol Shayx O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham mehmon bo‘ldi.
Uchrashuvda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev, “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi mudiri Akbar Kazakbayev hamda kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi mudiri Akbar Kazakbayev Muhammad bin Abdurahmon Ol Shayxni yurtimizda, xususan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ko‘rib turganidan mamnun ekanini bildirdi. Delegatsiya a’zolarining ishlariga muvaffaqiyat tiladi.
Samimiymuloqot davomida joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi bilan Saudiya Arabistoni Podshohligi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30 yil to‘lgani, ayniqsa, so‘nggi yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalari ijobiy sur’at kasb etib, sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilgani mamnuniyat bilan e’tirof etildi.
Ma’lumot uchun aytish joizki, Muhammad bin Abdurahmon Ol Shayx arab tilini turli mamlakatlarga tarqatishda qator ishlarni amalga oshirgan va bugungi kunda “Arab tili barcha uchun” nomli ilmiy ta’lim muassasasini boshqaradi.
Uchrashuvda so‘nggi yillarda yurtimizda diniy-ma’rifiy sohalardagi islohotlar yangi bosqichga ko‘tarilgani, Toshkent islom universiteti va O‘zbekiston islom akademiyasi negizida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tashkil etilganini qayd etildi. Shuningdek, ulug‘ mutafakkirlarimiz nomi bilan ataluvchi ilmiy-tadqiqot markazlarining faoliyat boshlashi, Toshkent shahrida ko‘p asrlik ma’rifat xazinasini o‘zida mujassam etadigan, fundamental tadqiqotlar olib boriladigan Islom sivilizatsiyasi markazining bunyod etilayotganini alohida e’tirof qilindi. Buxorodagi Mir Arab oliy madrasasi, Toshkent islom instituti va Samarqanddagi Hadis ilmi maktabi singari oliy o‘quv yurtlarida ham yetuk malakali mutaxassislar tayyorlanayotgani ta’kidlandi.
Shu bilan birga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi ilmiy salohiyati, fakultetlar va ulardagi ta’lim yo‘nalishlari, talabalarga bilim berishda o‘ziga xos yondashuvlar haqida ma’lumot berildi.
TashrifdavomidaMuhammadbin Abdurahmon Ol Shayx yuqori darajadagi hurmat va mehmondo‘stlik uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarga yuqori baho berdi. O‘zbek zamini islom dini rivojiga hissa qo‘shgan buyuk mutakallimlar, qomusiy allomalar, ulug‘ mutafakkirlar tug‘ilib, voyaga yetgan makon ekanini e’tirof qildi. Shuningdek, O‘zbekistonga tashrif sabablari, safar taassurotlari va istiqboldagi rejalar haqida so‘z yuritdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Izoh qoldirish