200

Akademiya vakillari “Ta’lim va mutaxassislik” xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Poytaxtimizdagi “Yoshlar ijod saroyi”da “Ta’lim va mutaxassislik” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan mazkur tadbirda yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalarining mutasaddilari ishtirok etdi. Jumladan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi vakillari ham o‘zlarining taqdimotlari bilan qatnashdi. Akademiya vakillari ko‘rgazma doirasida yoshlarga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining faoliyati, fakultet va kafedralari, maqsad va vazifalari bilan tanishtirdi.

Ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda barcha sohalar qatori oliy ta’lim tizimida amalga oshirilgan islohotlar natijasida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi o‘quv jarayoni, ilmiy salohiyati, talabalarga yaratib berilayotgan sharoit va imkoniyatlar ham xalqaro andazalar darajasiga tenglashmoqda. Xususan, Akademiya axborot-resurs markazi fondi yangi kitoblar, o‘quv qo‘llanmalari bilan yanada boyitildi. O‘quv xonalari moddiy-texnik bazasi zamon talablari asosida jihozlandi. 

Ko‘rgazma davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildi.

Tadbirda doirasida oliy ta’lim muassasalarning rasmiy vakillari ishtirokida foydali seminarlar va mahorat darslari o‘tkazildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish