315

Imom-xatib va imom-noiblar uchun malaka oshirish o‘quvlarining ikkinchi davrasi boshlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida Toshkent shahar va Toshkent viloyatida faoliyat olib borayotgan imom-xatib va imom-noiblar uchun “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda diniy-ma’rifiy soha xodimlari oldida turgan dolzarb vazifalar” yo‘nalishida malaka oshirish o‘quvlarining ikkinchi davrasi boshlandi.

36 soatga mo‘ljallangan mazkur o‘quvlar Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasining asosiy yo‘nalishlari va maqsadlaridan kelib chiqqan holda diniy soha xodimlari oldida turgan diniy-ma’rifiy va ma’naviy-axloqiy ishlar bilan bog‘liq faoliyatlarini samarali tashkil etishlarini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.

O‘quvlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mas’ul xodimi Nodirbek Shomirzayev “Mediamakonda turli ixtilofli masalalarning oldini olish, kontentni foydali ma’lumotlar bilan to‘ldirish tajribasini oshirish bo‘yicha malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish”, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti, iqtisod fanari doktori (DSc) Bobur Valiyev “Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash”, Akademiya katta o‘qituvchisi, PhD Obayd Muhammad “Arab tili (Muhovara)” hamda Akademiya katta o‘qituvchisi, Bektosh Berdiyev “Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish” mavzularida dars mashg‘ulotlari olib borildi.

Darsdan so‘ng tinglovchilar uchun poytaxtimizdagi “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi va “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga sayohat tashkil etildi. Mazkur yodgorlik majmuasi tinglovchilarda katta taassurot qoldirib, undagi milliy me’moriy an’analar asosida barpo etilgan ramziy qabr va uning atrofi, qatag‘on qurbonlari to‘g‘risida ma’lumot olishdi.

Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.

 

 

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish