375

Akademiya Kengashining navbatdagi majlisi o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Akademiya kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Akademiya rahbariyati, kengash a’zolari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi.

Majlisni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori, kengash raisi Muzaffar Komilov olib bordi.

Muntazam tarzda o‘tkaziladigan Akademiya kengashi yig‘ilishida muassasa oldida turgan muhim va dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilinib, yechimini kutayotgan holatlar bartaraf etiladi hamda kelgusi vazifalar belgilab olinadi. Akademiya rektori, kengash raisi Muzaffar Komilov o‘z so‘zida navbatdagi majlis ham amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etishda muhim ekanini ta’kidladi.

Kengash majlisida dastavval O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyevning Akademiyada 2021-2022-o‘quv yilida o‘tkazilgan Davlat Attestatsiyasi komissiyasi imtihonlari, bitiruv malakaviy ish va magistrlik dissertatsiyasi himoyalari tahlili to‘g‘risidagi hisoboti tinglandi.

Shundan so‘ng Magistratura bo‘limi boshlig‘i Ashirali Abdurashidov 2022-2023-o‘quv yili magistratura mutaxassisliklariga qabul natijalari va magistrlik dissertatsiyasi tayyorgarligi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Marketing va talabalar amaliyoti bo‘lim boshlig‘i Gulyuz Turayeva Akademiya talabalarining malakaviy amaliyoti natijalari. Ta’lim samaradorligini oshirish bo‘yicha olib borilgan ishlarga (natijalar, muammolar, yechimlar) to‘xtalib o‘tdi. 

Majlis davomida O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i Suxrob Xidirov 2022-2023-o‘quv yilida masofaviy sirtqi, kechki ta’limni tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va dolzarb vazifalar, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomovning Akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan monografiyalarni nashrga tavsiya etish to‘g‘risidagi hisobotlari eshitildi. Shuningdek, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyev Akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan o‘quv adabiyotlarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengashga taqdim etish uchun tavsiya etish xususida so‘z yuritdi.

Kengash davomida Yulduz Ismailovaga dotsentlik ilmiy unvoni topshirildi. Bundan tashqari, Muhabbatxon Agzamova, Ziyodilla Zinatullayev, Jo‘rabek Sodiqov, Irodaxon G‘ofurovaga Islom tarixi va manbashunosligi ixtisosligidan tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD, Nigora Hakimova hamda Saidahmadxon G‘aybullayevga Fiqh, kalom ilmi. Ilohiyot ixtisosligidan islomshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD hamda Shukurillo Jo‘rayevga Fiqh, kalom ilmi. Ilohiyot ixtisosligidan tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD ilmiy unvonlari topshirildi. Shuningdek, yana bir qator soha xodimlarining erishgan yutuqlari bilan qutlandi. Kelgusidagi ilmiy ishlariga muvaffaqiyat tilandi. 

Kengashda sohadagi shu kabi yutuqlar e’tirof etilgan holda, diniy-ma’rifiy sohada bajarilishi zarur bo‘lgan galdagi vazifalar va mavjud muammolar ham tahlil qilindi.

Yig‘ilish yakunida muhim vazifalar belgilab olindi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish