360

Otinoyilar malaka oshirish o‘quvlarining ikkinchi davrasi yakunlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyatlar, tuman/shahar bosh otinoyilari uchun “Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda diniy-ma’rifiy soha xodimlarining oldida turgan dolzarb vazifalar” yo‘nalishida malaka oshirish o‘quvlarining ikkinchi davrasi yakunlandi. 

36 soatga mo‘ljallangan o‘quvlarda 90 nafar tinglovchi ishtirok etdi. O‘quvlarning uchinchi kunida “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Feruza Muxammadjonova “Milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish”, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Odiljon Iminov “Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish” hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi katta o‘qituvchisi, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Bektosh Berdiyev tomonidan “Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish” mavzularida dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

O‘quvlar yakunida bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Farida Abdurahimova, Malaka oshirish markazi direktori Xusniddin Axmedov va tinglovchilar ishtirok etdi. 

Tadbir yakunida tinglovchilarga malaka oshirish o‘quvlarini muvaffaqiyatli tamomlaganliklari to‘g‘risidagi sertifikatlar topshirildi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish