349

Otinoyilar uchun malaka oshirish o‘quvlarining ikkinchi davrasi boshlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida “Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda diniy-ma’rifiy soha xodimlarining oldida turgan dolzarb vazifalar” yo‘nalishida yurtimizda faoliyat yuritayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyatlar va tuman/shahar bosh otinoyilari uchun malaka oshirish o‘quvlarining ikkinchi boshlandi. Unda jami 98 nafar tinglovchi ishtirok etmoqda.

36 soatga mo‘ljallangan mazkur o‘quvlarning birinchi kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, tarix fanlari doktori, dotsent Davronbek Maxsudov “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda diniy-ma’rifiy soha xodimlari mas’uliyati”, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori, falsafa fanlari doktori Matluba Qahhorova “Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish” hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi katta o‘qituvchisi, PhD doktor Obayd Muhammad tomonidan “Arab tili (Muhovara)” mavzularida dars mashg‘ulotlari olib borildi.

Darsdan so‘ng tinglovchilar O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurishdi. U yerda markazning ta’mirlash ishlari, tarkibiy tuzilishi va bo‘limlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. 

Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish