390

Otinoyilar malaka oshirish o‘quvlarining birinchi davrasi yakunlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyatlar, tuman/shahar bosh otinoyilari uchun “Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda diniy-ma’rifiy soha xodimlarining oldida turgan dolzarb vazifalar” yo‘nalishida 36 soatlik malaka oshirish o‘quvlarining birinchi davrasi yakunlandi. Unda 90 nafar tinglovchi ishtirok etdi.

Mazkur o‘quvlarning uchinchi kunida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari – “Milliy tiklanish” demokratik partiya fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov “Milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish” hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori, siyosiy fanlar doktori Muhammadolim Muhammadsiddiqov tomonidan “Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish” mavzularida dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

O‘quvlar yakunida bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari Dilbar Gʻulomova, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohimjon Inomov, Malaka oshirish markazi direktori Husniddin Ahmedov va tinglovchilar ishtirok etdi. 

Tadbir so‘nggida tinglovchilarga malaka oshirish o‘quvlarini muvaffaqiyatli tamomlaganliklari to‘g‘risidagi sertifikatlar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish