402

Malaka oshirish o‘quvlari doirasida ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyat, tuman/shahar bosh otinoyilari uchun “Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda diniy-ma’rifiy soha xodimlarining oldida turgan dolzarb vazifalar” yo‘nalishida 36 soatlik malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.

Tasdiqlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejasiga muvofiq, 2022-yilning 4-oktabr kuni tinglovchilar poytaxtimizdagi “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi va “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrif buyurishdi. Mazkur yodgorlik majmuasi tinglovchilarda katta taassurot qoldirib, undagi milliy me’moriy an’analar asosida barpo etilgan ramziy qabr va uning atrofi, qatag‘on qurbonlari to‘g‘risida ma’lumot olishdi.

Undan so‘ng tinglovchilar Yangi O‘zbekiston bog‘iga tashrif buyurishdi. U yerda tinglovchilar O‘zbek davlatchiligining ko‘p ming yillik tarixi aks etgan – Mustaqillik monumenti va unda tasvirlangan Sohibqiron Amir Temur saltanatining moviy gumbazi, yulduzlar olamiga qarab yuksalgan Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, dunyo ilm-fani va sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan ulug‘ mutafakkir bobolarimizning eng nodir ilmiy kashfiyotlari bilan tanishib chiqdilar.

Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish