401

Soha rivoji bo‘yicha uchrachuv o‘tkazildi

O‘zbekistonning Kuala-Lumpurdagi elchixonasi ko‘magida Malayziya Islomni anglash instituti (IKIM), Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillari ishtirokida onlayn uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda Akademiya vakillari Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Bahromjon Mamadiyev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi mudiri Mirodil Haydarov, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Jamoliddin Karimov qatnashdi.

Muloqotda Malayziyada O‘zbekiston madaniy merosi hamda ziyorat sayyohligi salohiyatini targ‘ib etish bo‘yicha istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida respublikaning boy maʼnaviy-madaniy merosini o‘rganish, “O‘zbekiston – buyuk allomalar yurti” g‘oyasini yana-da ommalashtirish, mamlakatimizning ziyorat turizmi salohiyati, shuningdek, sayyohlik infratuzilmasini modernizatsiya qilishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar va Samarqandning “Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” maqomini mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilgan keng ko‘lamli loyihalarni targ‘ib qilish,  ikki mamlakatning ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalari o‘rtasidagi  hamkorlikni yana-da rivojlantirish masalalari bo‘yicha suhbatlashildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish