Haj va umra ishlari vaziri Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurdi
Ayni kunlarda mamlakatimizda boʻlib turgan Saudiya Arabistoni Podshohligi haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia boshchiligidagi delegatsiya Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurdi.
Delegatsiyaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Muzaffar Komilov, Oʻzbekiston Respublikasining Saudiya Arabistonidagi favqulodda va muxtor elchisi Ulugʻbek Maqsudov, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi oʻrinbosari Homidjon Ishmatbekov va boshqa mutasaddilar hamrohlik qildi.
Yuqori martabali mehmonlarni Markaz direktori oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev va ziyorat turizmini rivojlantirish ilmiy boʻlimi mudiri Barot Amonov kutib oldi.
Delegatsiya aʼzolari Markaz va undagi Imom Buxoriy muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Ularga Markazda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va erishilgan natijalar xususida qisqacha maʼlumot berildi.
Mehmonlar Imom Buxoriy siyratiga boʻlgan cheksiz ehtiromini bildirib, ilmiy jamoaning allomalar boy maʼnaviy merosini izchil oʻrganish ishiga muvaffaqiyat tiladi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish