513

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida tayanch doktorantura, doktorantura va stajyor-tadqiqotchilik instituti uchun 2023-yil qabul kvotalari tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2017-yil  22-maydagi  “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-sonli qaroriga asosan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida tayanch doktorantura va doktoranturaga davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan o‘qitish uchun 2023-yil qabul kvotalari tasdiqlandi.

Qabul  kvotalari  Akademiyada faoliyati yo‘lga qo‘yilgan ixtisosliklar bo‘yicha quyidagicha taqsimlandi:

Ixtisosliklar doirasida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga  
2023-yil uchun umumiy kvota taqsimoti 

IXTISOSLIKLAR

Doktorantura

Maqsadli

Stajyor-tadqiqotchilik

(PhD)

(DSc)

(PhD)

(DSc)

1

24.00.01. 

 Islom tarixi va manbashunosligi

3

-

2

-

1

2

24.00.02. Qur’onshunoslik. Hadisshunoslik

2

1

2

-

1

3

24.00.03. 

Fiqh, kalom ilmi. Ilohiyot

2

-

1

-

1

4

24.00.04. – Mumtoz sharq adabiyoti va manbashunosligi

2

-

1

-

1

5

07.00.04. Dinshunoslik

2

-

1

1

2

6

19.00.07.

Din psixologiyasi

2

-

-

-

1

Jami:

14

8

7

 

Talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

Tayanch doktorantura, stajyor-tadqiqotchilik institutiga:

– ariza;

– qisqacha biografik  ma’lumotnoma;

– pasport nusxasi;

– mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;

– oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi;

– nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari; 

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasi;

– Til sertifikati 

 

 

Doktoranturaga:

– ariza;

– qisqacha biografik ma’lumotnoma;

– mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;

– oliy ma’lumot, fan nomzodi yohud falsafa doktori (PhD) ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

– tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;

– nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari.

– Til sertifikati 

 

Mustaqil izlanuvchilikka:

– ariza;

– qisqacha biografik ma’lumotnoma;

– falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun magistrlik diplom nusxasi;

– mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;

– ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxasi;

– fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirishga fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) diplomi yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxasi;

– ish joyidan tavsifnoma.

Hujjatlar 2022-yil 15-sentabrdan 15-oktabrgacha http://www.phd.mininnovation.uz sayti orqali qabul qilinadi.

Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 11-uy. 

Murojaat uchun telefon: (71) 244-00-56. Faks (71) 244-00-65. 

 

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish