Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni bilan samimiy QUTLOV!
Vatanimiz ozodligi, xalqimiz tinch va osoyishta hayoti, sarhadlarimiz daxlsizligida maxsus xizmatlar faoliyati muhim ahamiyatga ega.
Shu munosabat bilan, 26-sentabr – Davlat xavfsizligi xizmati organlari xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.
Tinchlik – ulug‘ ne’mat! Uning qadrini yon-atrofimizdagi qo‘shni davlatlarda sodir bo‘layotgan tashvishli voqealarni kuzatib, yana bir bor iqror bo‘lyapmiz, teran anglayapmiz!
Shu o‘rinda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga ko‘ra, o‘tgan yillarda amalga oshirilgan “Mehr” gumanitar operatsiyalari doirasida Yaqin Sharq davlatlarida og‘ir sharoitda qolayotgan 500 nafardan ortiq ayollar va bolalarning mamlakatimizga olib kelishda ham maxsus xizmat xodimlarining faoliyati muhim ahamiyat kasb etganini alohida ta’kidlashni istardik.
Vatan – muqaddas! Vatanni sevish esa iymondandir. Shu bois, davlat sarhadlarini qo‘riqlashdan tortib, mamlakatdagi tinchlik va barqarorlik, jamiyat osoyishtaligini ta’minlash yoki har bir fuqaroning huquq va erkinliklarini himoya qilishda sharafli kasbiga sodiq insonlarni ulug‘lash barchamizning burchimiz, desak adashmaymiz.
Fursatdan foydalanib, barcha soha mutasaddilariga, fidoyi xodimlariga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat va xonadonlariga fayz-baraka hamda xotirjamlik tilaymiz.
Ona Vatanimiz taraqqiyoti, xalqimizning tinch-farovon hayotiga ko‘z tegmasin!
Yurtimiz yanada gullab-yashnayversin!
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasi nomidan M.Komilov
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish