492

O‘ZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI MILLIY REYTINGLARDA YUQORI O‘RINDA

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi tomonidan respublikamiz oliy ta’lim muassasalari milliy reytingi hamda ilk marotaba aniqlangan akademik litseylar reytingi e’lon qilindi. 

Unga ko‘ra, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Oliy ta’lim muassasalarining Ilmiy salohiyati reytingida — 1-o‘rinni, Ijtimoiy-gumanitar soha bo‘yicha OTMlar reytingida — 4-o‘rinni egalladi.

Oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyati reytingi

Ijtimoiy-gumanitar soha bo‘yicha OTMlar reytingi

Shuningdek, ilk marotaba aniqlangan akademik litseylar reytingi ham e’lon qilindi. 

Unga ko‘ra, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi akademik litseyi Ta’lim sifatining alohida ko‘rsatkichlari bo‘yicha akademik litseylar reytingida Akademik litseyga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirgan talabgorlar sonining mazkur litsey uchun belgilangan qabul parametriga nisbati (raqobat ko‘rsatkichi) bo‘yicha: — yetakchi 1-o‘rinni, 


Xorijiy pedagoglar, shuningdek, xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytinglarida birinchi 1000 ta o‘rinni egallagan oliy ta’lim muassasalari diplomlariga ega bo‘lgan mahalliy pedagoglar ulushi bo‘yicha: — yuqori ko‘rsatkichli akademik litseylar orasida 4-o‘rinni egalladi.

Izoh qoldirish