466

Milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyat, tuman/shahar Bosh imom-xatiblari uchun “Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasi doirasida din soha xodimlarining oldida turgan vazifalar” yo‘nalishida 36 soatlik malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda. 

Mazkur o‘quvlarning uchinchi kunida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari – “Milliy tiklanish” DP fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov “Milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish”, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi o‘qituvchisi Doktor Obayd Mohammed Abdulxalim tomonidan “Arab tili (Muhovara)” mavzularida dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Darsdan keyin tinglovchilar “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi va “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrif buyurishdi. Mazkur yodgorlik majmuasi tinglovchilarda katta taassurot qoldirib, undagi milliy me’moriy an’analar asosida barpo etilgan ramziy qabr va uning atrofi, qatag‘on qurbonlari to‘g‘risida ma’lumot olishdi.

Shu bilan birgalikda, mustaqillik yillaridagi milliy va diniy tiklanish jarayonlari hamda millatimizning yetuk olim, shoir, yozuvchi va siyosiy arboblari haqidagi tarixiy hujjat va rasmlar bilan tanishib chiqdilar. Ushbu yodgorlik majmuasi tarixiy ma’lumotlar berish barobarida yosh avlodni Vatanga sadoqat va milliy g‘urur ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish