Akademiyada ShHTning Samarqand sammiti mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “ShHT: Samarqand sammiti samarali muloqot va o‘zaro manfaatli hamkorlik platformasi sifatida” mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
“Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar” fakulteti tomonidan tashkil etilgan tadbirda Yoshlar masalalari, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Shavkat Mavlanov, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Bahrom Mamadiyev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri Muhammadolim Muhammadsidiqov, Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi direktori Qobiljon Sobirov hamda talabalar ishtirok etdi.
Davra suhbatida ShHT hozirgi kunda dunyo aholisining deyarli yarmini birlashtirgan o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli maydonchasi ekani qayd etildi.
Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi direktori Qobiljon Sobirov so‘zga chiqib, ShHTning tashkil etilishi tarixi, uning maqsad-vazifalari, O‘zbekistonning tashkilot rivojidagi o‘rni haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, kuni kecha muvaffaqiyatli tarzda o‘tkazilgan Samarqand sammiti xalqaro munosabatlar tizimiga bo‘lgan ishonchni tiklashga muhim hissa qo‘shishi va davlatlararo hamda ko‘p tomonlama hamkorlikning muloqot va o‘zaro tushunishga asoslangan yangi bosqichini boshlashini ta’kidladi.
Uchrashuv davomida Samarqandda bo‘lib o‘tgan sammit mamlakatimizning turizm salohiyati rivojlanayotgani haqida so‘z bordi. Yer yuzining sayqali deya ta’riflanadigan ko‘hna kentdagi “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm markazi va undagi “Boqiy shahar” majmuasi qadimiy shaharlarimiz qiyofasi, milliy an’analarimiz aks ettirgani bilan xorijiy mehmonlarni hayratda qoldirgani e’tirof etildi. Darhaqiqat, so‘nggi yillarda yurtimizda turizm sohasi yangi bosqichga ko‘tarildi. Bu borada oliy ta’lim muassasalarida turizm, xususan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Turizm (ziyorat turizmi)” yo‘nalishida soha mutaxassislari tayyorlanayotgani qayd etildi.
Davra suhbati yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish