357

Imom-xatiblar Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati bilan tanishdilar

Bugun, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida malaka oshirayotgan imom-xatiblar uchun Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati haqida taqdimot uchrashuvi o‘tkazildi.

Unda markaz direktori Jamolitdin Karimov so‘zga chiqib, markazning tashkil etilishi, uning maqsad va vazifalari, markazning tarkibiy tuzilishi, respublika hamda xalqaro miqyosda uning tutgan o‘rni xususida so‘z yuritdi. 

Shundan so‘ng Moturidiylik ta’limoti tadqiqotlari bo‘limi boshlig‘i Abdullatif Alloqulov  markaz tomonidan amalga oshirilgan Imom Moturidiyning “Ta’vilot al - Qur’on” kitobining tarjima va tahrir jarayonlari haqida ma’lumot berdi. Asarning hozirgi globallashgan zamonda tutgan o‘rni, mo‘tadil ta’limotni jamoatchilikka yetkazishdagi ahamiyati ta’kidlab o‘tildi. Shuningdek, markaz tomonidan nashr qilingan 40 ga yaqin kitob va risolalar bilan tanishtirildi.

So‘ngra Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy kotibi Aziz Tajiyev so‘zga chiqib, markazning xalqaro aloqalar yo‘nalishidagi faoliyati, xususan xorijiy universitet va xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari bilan o‘rnatilgan hamkorlik aloqalari, markaz tomonidan o‘tkazilgan xalqaro simpozium va konferensiyalar, markaz qoshida tashkil qilingan xalqaro ilmiy hay’at faoliyati hamda Moturidiylik jurnali haqida ma’lumot berdi. 

Uchrashuv so‘ngida markaz direktori Jamolitdin Karimov sof islomiy ta’limotni xalqimiz o‘rtasida targ‘ib etishda beminnat xizmatda turgan barcha imom-xatiblarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish