380

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining bakalavriat “Islomshunoslik” va “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun joriy yilning 29-30-iyul kunlari kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlari bo‘lib o‘tdi.

Birinchi kuni ikki smenada tashkil etilgan imtihonlarda abituriyentlarning chet tilini bilish darajalari sinovdan o‘tkazildi. Bugun 30-iyul kuni esa abituriyentlar chet tilida "Gapirish" qobiliyati va Мa’naviyat va ma’rifat asoslari bo‘yicha imtihonlarda ishtirok etishdi.

Dastavval Akademiya Qabul komissiyasi mutasaddilari tomonidan imtihon o‘tkazish tartib-qoidalari haqida tushuncha berildi. Tartibni buzgan abituriyentlarga nisbatan dalolatnoma tuzilib, o‘sha vaqtning o‘zida ular imtihondan chetlashtirilishi haqida ogohlantirildi. Jarayon adolatli va shaffof tarzda o‘tkazilish maqsadida imtihon to‘liq onlayn translatsiya qilindi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining bakalavriat “Jurnalistika” (xalqaro jurnalistika) ta’lim yo‘nalishiga 1-2-avgust kunlari kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlari bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish