399

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida magistratura mutaxassisliklariga qabul davom etmoqda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 2022/2023-o‘quv yili uchun 12 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul davom etmoqda. 

Bakalavriat diplomi hamda xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikatga ega talabgorlar mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga muvofiq quyidagi magistratura mutaxassisliklariga magistr.edu.uz sayti orqali hujjatlarni online taqdim etishlari mumkin:

  • Qiyosiy dinshunoslik;
  • Islomshunoslik;
  • Tarix (Islom sivilizatsiyasi);
  • Lingvistika (arab tili);
  • Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (tillar bo‘yicha);
  • Xalqaro munosabatlar va jahon siyosati;
  • Psixologiya (din psixologiyasi);
  • Jurnalistika (internet jurnalistika);
  • Menejment (ziyorat turizmini tashkil etish va boshqarish;
  • Tashqi iqtisodiy faoliyat (tarmoqlar va faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha);
    Islom iqtisodiyoti va moliyasi;
  • Islom huquqi.

Ta’kidlash joizki, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi magistraturasiga “Islomshunoslik (yoʻnalishlar boʻyicha)” taʼlim yoʻnalishi bitiruvchilari 70220301 – “Tarix (Islom sivilizatsiyasi)” hamda 70420124 – “Islom huquqi” mutaxassisliklari boʻyicha tanlovda ishtirok etishlari mumkin.

Magistratura qabuli joriy yilning 30-iyuliga qadar davom etadi. 

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Qabul komissiyasi

Izoh qoldirish