335

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining “Islomshunoslik” va “Dinshunoslik” hamda “Jurnalistika” (xalqaro jurnalistika) ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlari diqqatiga!

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining bakalavriat “Islomshunoslik” va “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishlariga 29-30-iyul hamda “Jurnalistika” (xalqaro jurnalistika) ta’lim yo‘nalishiga 1-2-avgust kunlari kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlari bo‘lib o‘tadi.

Kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkazilish vaqti, joyi hamda guruhlarni quyidagi havola KASBIY (IJODIY) IMTIHON ⬅️ (MATN USTIGA BOSING) orqali bilib oling.

Eslatma! Imtihon kuni abituriyentlar o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjat (passport yoki ID kartasi) hamda til sertifikati (mavjud bo‘lsa) bilan kelishi so‘raladi.

Imtihon adolatli va shaffof o‘tkazilib, abituriyentlarning imtihon jarayonida turli vosita (Shpargalka, qo‘llanma…)lardan foydalanishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.

Imtihon o‘tkazish tartib-qoidalarini buzgan abituriyentlarga nisbatan dalolatnoma tuzilib, o‘sha vaqtning o‘zida ular imtihondan chetlashtiriladi.

Imtihon jarayonlari to‘liq onlayn translatsiya qilinadi hamda video kuzatuv asosida tashkil etiladi.

Hurmatli abituriyentlar o‘z bilimingiz bilan imtihonda ishtirok eting. Oldinda turgan sinovlarda barchangizga omad tilaymiz!

Murojaat uchun telefonlar: (71) 244-00-42, (71) 244-50-76, (71) 244-96-13, (71) 244-94-67;
                                               (71) 244-95-93 (xorijiy fuqarolar uchun).

 

 O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Qabul komissiyasi

Izoh qoldirish