Akademiyada dastlabki imtihon jarayonlarining ikkinchi kuni o‘tkazildi
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining bakalavriat “Islomshunoslik” va “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun dastlabki imtihon jarayonlari o‘tkazilayotgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 5-iyundagi “O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga o‘qishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 358-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, bugun ham dastlabki imtihon yozma shaklda Akademiya hududida tashkil etildi.
Dastavval Akademiya Qabul komissiyasi mutasaddilari tomonidan imtihon o‘tkazish tartib-qoidalari haqida tushuncha berildi. Tartibni buzgan abituriyentlarga nisbatan dalolatnoma tuzilib, o‘sha vaqtning o‘zida ular imtihondan chetlashtirilishi haqida ogohlantirildi. Jarayon adolatli va shaffof tarzda o‘tkazilish maqsadida to‘liq onlayn translatsiya qilindi. Abituriyentlarning ota-onalari mazkur jarayonni faol kuzatib borishdi.
Imtihon nizomiga muvofiq, abituriyentlarning intellektual, ma’naviyat va ma’rifat asoslari bo‘yicha bilim hamda xorijiy tillarni (ingliz, fransuz va nemis) bilish darajalari sinovdan o‘tkazildi.
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining “Islomshunoslik” va “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar dastlabki imtihon jarayonlarining ikkinchi kunida ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, imtihon natijalari Akademiyaning rasmiy sayti hamda telegram kanali orqali e’lon qilinadi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish