316

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi abituriyentlari diqqatiga!

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining bakalavriat “Islomshunoslik” va “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishlariga admission.iiau.uz  sayti orqali hujjat topshirayotgan abituriyentlarning qabul jarayoni 10-iyul kuni soat 24:00 gacha davom etadi. Ya’ni, yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha hujjat qabul qilish muddatiga 2 kun vaqt qoldi.

Eslatma, 13-14-iyul kunlari DASTLABKI IMTIHON o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Imtihon vaqti, kuni hamda imtihon o‘tkazish jadvallari Akademiyaning iiau.uz sayti hamda https://t.me/iiau_official rasmiy telegram kanali orqali e’lon qilinadi.

Murojaat uchun telefonlar: (71) 244-00-42, (71) 244-50-76, (71) 244-96-13, (71) 244-94-67, (71) 244-95-93 (xorijiy fuqarolar uchun).

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 

Matbuot xizmati

 

Izoh qoldirish