601

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida magistratura mutaxassisliklariga qabul boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son Qaroriga muvofiq, respublikamiz oliy ta’lim muassasalarida bo‘lgani singari O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham magistratura bosqichiga joriy yilning 1-iyul sanasidan qabul jarayonlari boshlandi.

2022/2023-o‘quv yili uchun Akademiyada quyidagi magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul tashkil qilingan:

  • Qiyosiy dinshunoslik;
  • Islomshunoslik;
  • Tarix (Islom sivilizatsiyasi);
  • Lingvistika (arab tili);
  • Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (tillar bo‘yicha);
  • Xalqaro munosabatlar va jahon siyosati;
  • Psixologiya (din psixologiyasi);
  • Jurnalistika (internet jurnalistika);
  • Menejment (ziyorat turizmini tashkil etish va boshqarish);
  • Tashqi iqtisodiy faoliyat (tarmoqlar va faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha);
  • Islom huquqi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi PQ-279-son qarorida 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul abituriyentning bakalavriat diplom bali o‘rtacha ko‘rsatkichi hamda xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikat bali asosida, ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshirilishi hamda qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmasligi belgilangan.

Belgilangan tartib asosida Akademiya magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha ta’lim olish istagidagi abituriyentlar magistr.edu.uz sayti orqali hujjatlarni onlayn taqdim etishlari mumkin.

Magistratura qabuli joriy yilning 30-iyuliga qadar davom etadi. 

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 

Matbuot xizmati

 

 

Izoh qoldirish