307

Bugun tug‘ilgan kun — Bahodir Jovliyev

8-iyul

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining Matbuot kotibi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining “Til va adabiyot ta’limi” – “Преподавание языка и литературы” – “Language and literature teaching” ilmiy-metodik jurnali bosh muharriri, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a'zosi Bahodir Jovliyev 1978-yil 8-iyulda Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida tug‘ilgan.

B.Jovliyev 1997-2000-yillar O‘zbekiston Milliy universitetida (bakalavr), 2012-2014-yillar Oliy jurnalistika kursida (magistr), shuningdek, 2008-yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining Boshqaruv mahorati yo‘nalishini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1998-2000-yillarda Nishon tumanidagi 1-umumta’lim maktabida ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, “Nishon tonggi” gazetasi muxbiri sifatida boshlagan. 2001-yildan 2012-yilgacha bo‘lgan davrda “Ma’rifat” — “Учител Узбекистана” gazetalari tahririyatida muxbir, bo‘lim muharrir, mas’ul kotib, bosh muharrir o‘rinbosari, bosh muharrir vazifasini bajaruvchi lavozimlarida samarali faoliyat yuritgan.

Hozirgi kunda mehnat faoliyati bilan birgalikda mustaqil tadqiqotchi sifatida «Badiiy asarda mifopoetik talqin va badiiy obraz» mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot olib bormoqda.

“Jurnalist nigohi: ta’lim islohotlarida” publitsistik asari muallifi, 300 dan ortiq ilmiy, ilmiy-ommabop, publitsistik, adabiy maqolalar muallifi, “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni, “O‘zbekiston mustaqilligiga 20 yil” esdalik nishoni sohibi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish