535

INSON QADRI UCHUN!

Ma’lumki, bugungi kunda yurtimizning barcha sohalarida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni asosida islohotlar yangi bosqichga chiqdi. E’tiborlisi, ushbu yangilanishlarda “Inson qadri uchun” tamoyili ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.

Ushbu ezgu tashabbus hamda xayrli ishlar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham amalga oshirilib kelinmoqda. 2022-yil 1-yarim yilligi yakunlari bo‘yicha turli bayramlar munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar ham moddiy, ham ma’naviy tomondan rag‘batlantirildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 2022-yilning 6 oyi davomida professor-o‘qituvchi va xodimlarni moddiy rag‘batlantirish uchun 2 milliard 473 million so‘m pul mablag‘lari ajratildi.

Shundan, 2 milliard 151 million 563 ming so‘m budjet mablag‘lari hisobidan, 285 million 298 ming so‘m to‘lov-kontrakt summasi hisobidan to‘landi.

Akademiyaning budjetdan tashqari rivojlantirish mablag‘lari hisobidan esa – 36 million 408 ming so‘m sarflandi. 

Yuqoridagi mablag‘lar, avvalo, turli ma’naviy-ma’rifiy ko‘rik-tanlov hamda sport-sog‘lomlashtirish tadbirlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalarning ustoz-rahbarlarini rag‘batlantirish va I-II-chorak yakuni hamda Ramazon hayit bayrami munosabati bilan uzoq yillik samarali mehnati uchun o‘qituvchi va xodimlarni moddiy qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirildi. 

Shu jumladan, Akademiyada mehnat qilib kelayotgan turli soha vakillarining kasb bayramlari, shuningdek, xodimlarning sog‘liqlarini tiklash hamda yaqin qarindoshlari vafot etganligi munosabati bilan moddiy yordam pullari berildi.

Ilmiy-pedagogik mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega hamda alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarning oylik ish haqiga qo‘shimcha ustamalar to‘landi.

Bir so‘z bilan aytganda yurtimizda olib borilayotgan barcha islohotlar inson qadrini ulug‘lashga, uning orzu-umid, ezgu maqsadlarini ro‘yobga chiqarish uchun xizmat qilmoqda. 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 2022-yilning 6 oyi davomida professor-o‘qituvchi va xodimlarni munosib va samarali mehnatlari uchun moddiy rag‘batlantirish ko‘rsatkichlari

BUDJET MABLAGʻLARI

1. Tanlovlarda g‘olib bo‘lgan talabalarning rahbarlariga — 1 mln;

2. I-chorak yakuni bo‘yicha rag‘bat — 346 mln 777 ming 800 so‘m;

3. Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan — 368 mln 300 ming 600 so‘m;

4. Axborot-resurs markazi xodimlari — 11 mln;

5. Uzoq yillik samarali mehnati uchun rag‘bat — 116 mln 176 ming so‘m;

6. II-chorak yakuni bo‘yicha rag‘bat — 348 mln 703 ming 100 so‘m;

7. 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuniga — 10 mln 82 ming 300 so‘m;

8. Vazirlar Mahkamasining 1030-son qarori bo‘yicha professor-o‘qituvchilarga ustama haq — 208 mln 122 ming so‘m;

9. Xodimlarga ustama haq pullari — 741 mln 401 ming 800 so‘m;

Jami budjet — 2 milliard 151 million 563 ming 400 so‘m. 

TO‘LOV-KONTRAKT MABLAGʻLARI HISOBIDAN

1. Moddiy rag‘batlantirish — 9 mln 747 ming 300 so‘m;

2. Tanlovlarda g‘olib bo‘lgan talabalarning rahbarlariga — 1 mln;

3. I-chorak yakuni bo‘yicha rag‘bat — 62 mln 122 ming 200 so‘m;

4. Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan — 12 mln 748 ming 300 so‘m;

5. II-chorak yakuni bo‘yicha rag‘bat — 11 mln 361 ming 800 so‘m;

6. 27-iyun – Matbuot va Ommaviy axborot vositalari xodimlari kuniga — 5 mln 928 ming 500 so‘m;

7. Xodimlarga ustama haq pullari — 182 mln 390 ming 300 so‘m;

Jami t/k — 285 million 298 ming 400 so‘m.

RIVOJLANTIRISH JAMGʻARMASI HISOBIDAN

1. I-chorak yakuni bo‘yicha rag‘bat — 8 mln 26 ming 800 so‘m;

2. Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan — 1 mln 233 ming so‘m;

3. Moddiy rag‘bat — 7 mln 819 ming 800 so‘m;

4. II-chorak yakuni bo‘yicha rag‘bat — 1 mln 380 ming;

5. Moddiy yordam puli — 15 mln 540 ming so‘m;

6. Xodimlarga ustama haq pullari — 2 mln 408 ming 800 so‘m;

Jami r/j — 36 million 408 ming 400 so‘m.

2022-yilning 6 oyi davomida berilgan jami mukofot puli — 2 milliard 473 million 270 ming 200 so‘m.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish