64

Malakaviy amaliyot hisoboti tinglandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Mumtoz sharq filologiyasi” fakulteti “Psixologiya (Din sotsiopsixologiyasi)” bakalavriat yo‘nalishi 1-bosqich talabalarining joylarda o‘tkazgan malakaviy amaliyoti bo‘yicha hisoboti tinglandi.
Malakaviy amaliyot hisobotini Amaliyot rahbarlari “Mumtoz sharq filologiyasi” fakulteti dekani Ilyos Mirziyotov, “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi dotsentlari — Mirmuxsin Akramov hamda Aziza Turg‘unova qabul qildi.


Unda talabalar amaliyot davomida Akademiyada olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘lgani, tashkilotlarning ish faoliyati bilan yaqindan tinishish imkoniyati tug‘ilgani, ish faoliyatda fuqarolar bilan muloqot jarayonlari bo‘yicha ma’lumot berishdi. Nazariy bilimlar amaliyotda qo‘llangani taqdimotlarda ham aks etdi.


Ma’lumki, talabalar 2021-2022-o‘quv yilida 6-iyundan  2-iyulgacha, belgilangan muddatda  malakaviy amaliyotni 10 dan ortiq — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizlik departamenti Probatsiya xizmati, “GRAND TA’LIM OLAM” nodavlat ta’lim muassasi, Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi, “Insight” psixologiya markazi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Mumtoz sharq filologiyasi” fakulteti dekanati va kafedralari kabi tashkilot va muassasalarda o‘tashgan.


O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 
Matbuot xizmati
 

Izoh qoldirish

Izohlar