Topshiriladigan hujjatlar ro‘yxati
Bakalavriat, magistratura va doktorantura uchun o‘qishga hujjat topshirishning umumiy tartibi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentyabrda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 4-avgustdagi 169-sonli “Xorijiy fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish va o‘qitish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq hamda ushbu Qarorga asoslangan me’yoriy hujjatlar asosida chet el fuqarolarini o‘qishga qabul qiladi.
Chet el fuqarolari akademiyaning Xorijiy talabalar bilan ishlash bo‘limiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
- O‘zXIAda o‘qish uchun ariza;
- Qo‘lga kiritilgan darajalardagi yoki joriy vaqtdagi baholar qaydnomasi. O‘zbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida erishilgan har qanday diplom sertifikatlari va baholar qaydnomasini ham topshiringiz so‘raladi;
- Bakalavriatura bosqichiga: o‘rta yoki o‘rta maxsus ta’limi diplomi/shahodatnomasi (sertifikat);
- Magistratura bosqichiga: Bakalavr diplomi yoki ushbu darajaga tenglashtirilgan hujjat;
- Doktorantura bosqichiga (PhD, DSc): Magistrlik diplomi;
- O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida erishilgan har qanday diplomlar (baholar qaydnomasi bilan birga) rus yoki o‘zbek tiliga tegishli notarial idoradan tarjima qilinishi hamda tasdiqlanishi lozim;
- O‘rnatilgan tartibdagi tibbiy ma’lumotnoma;
- Mavjud fuqarolik pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasi hududida istiqomat qilish huquqini beruvchi pasport;
- 3.5 x 4.5 sm o‘lchamdagi rasm (6 dona);
- Chop etilgan rasmiy maqolalar va tezislarning umumiy ro‘yxati (Doktorantura bosqichi va amaliy o‘quv kurslariga topshirgan nomzodlar uchun);
Baholar qaydnomasining rus tilidagi tarjimasi O‘zbekiston Respublikasidagi notarial idorasida yoki nomzodning o‘z davlatida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi elchixonasi yoki konsullik idorasi tomonidan sertifikatlanishi zarur.
Chet el fuqarolarining O‘zXIAda tahsil olishi to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining boshqa xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar, xorijiy universitetlar bilan tuzilgan o‘zaro hamkorlik shartnomalariga muvofiq kelib tahsil oluvchi xorijiy fuqarolar bundan mustasnodir.
Xorijiy talabalar bilan ishlash bo‘limi telefon raqami:
+99871 2449593
E-mail: intstudents@iiau.uz
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish