433

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida abituriyentlardan hujjat qabul qilish jarayoni boshlandi

Mamlakatimizning barcha oliy ta’lim muassasalari qatorida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham 2022/2023-o‘quv yili uchun bakalavriatning 14 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 4 ta ta’lim shakli (kunduzgi, sirtqi, masofaviy, kechki) kesimida abituriyentlardan hujjatlar qabul qilish jarayoni boshlandi. 

Ro‘yxatga olish Akademiyaning hujjat qabul qilish platformasi admission.iiau.uz da amalga oshiriladi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish hamda ularni qiziqtirgan savollariga tezkorlik bilan javob berish maqsadida “Call-markaz” faoliyati ishga tushirilgan. 

Fuqarolar quyidagi telefon raqamlari orqali “Call-markaz” bilan bog‘lanib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.

Murojaatlar uchun:

(71) 244-00-42,

(71) 244-50-76,

(71) 244-96-13,

(71) 244-94-67,

(71) 244-95-93 (xorijiy fuqarolar uchun).

“Call markaz” faoliyati dushanba-shanba kunlari soat 09:00 dan 17:00 gacha davom etadi. (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha).

Qabul jarayoni haqida batafsil ma’lumot olish uchun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring. 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish