251

“GLOBALLASHUV JARAYONIDA ISLOMNI TUSHUNISH MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman АХБОРОТ ХАТИ

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilda xalqaro va respublika miqyosida oʻtkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasi toʻgʻrisida”gi 2022-yil 7-martdagi 101-f-son farmoyishi ijrosini taʼminlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-apreldagi 08/1-824-sonli xati hamda Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning 2022-yil 13-apreldagi 02-03/2656-sonli xatining ijrosini taʼminlash maqsadida 2022-yil 27-may kuni Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida “Globallashuv jarayonida islomni tushunish muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjumani oʻtkaziladi.

Mazkur anjumanda ishtirok etishni xohlagan professor-oʻqituvchilar, yosh olimlar, tadqiqotchilar 2022-yil 25-may sanasiga qadar ilmiy tezislarni oʻzbek, rus, arab, ingliz tillarida taqdim etishlari mumkin.

Tezislar quyidagi yoʻnalishlarda qabul qilinadi:

- Dinlararo totuvlik va radikalizmni yengish;

- Musulmon jamoasida konfessiyalararo muloqot: oʻtmish, hozirgi, kelajak;

- Oliy islom taʼlimini rivojlantirishda yutuqlarga ega boʻlgan oʻzbek va xorijiy olimlarning ilmiy, uslubiy va axborot almashinuvi;

- Islom ilohiyoti tafakkuri rivojlanishining anʼanalari va zamonaviy tendensiyalari: musulmon jamoalarining ichki va xorijiy tajribasi.

Mualliflar uchun maʼlumot:

Anjumanga topshirilgan maʼruzalar tezislari elektron ilmiy toʻplam shaklida chop etiladi. Ilmiy tezis matnida keltirilgan maʼlumotlarning haqqoniyligiga mualliflar javobgardir. Belgilangan yoʻnalishlarga mos boʻlmagan va talablarga javob bermaydigan tezislar toʻplamga kiritilmaydi.

1.  Tezislar matnini rasmiylashtirish talablari:

-  Matn hajmi – kamida 5 betdan 7 betgacha A-4 hajmdagi qogʻozga, matn shakli – Microsoft Word, yozuv shrifti – Times New Roman, harflar hajmi – 14 kegl, satrlar oraligʻi 1,5 intervalda, yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, oʻngdan 1,5 sm;

-  Yuqoridan bosh harflar bilan maqola mavzusi yoziladi, bir intervaldan soʻng muallifning familiyasi, ismi-sharifi, ish joyi (oliy oʻquv yurti) nomi va lavozimi, shuningdek bogʻlanish uchun telefon raqami yoziladi, bir intervaldan soʻng matn keltiriladi;

- Tezisni tayyorlashda foydalanilgan adabiyotlar har bir sahifa ostida havola (snoska) tarzida beriladi.

- Internet-resurslardan (Google Tarjimon va boshqalar) foydalanilgan izohlarning tarjimalari lingvistik va semantik jihatdan toʻgʻriligi uchun albatta tahrir qilinishi kerak.

- Barcha taqdim etilgan materiallar Antiplagiat vositasi yordamida sinovdan oʻtkaziladi (originalligi – 70%dan kam emas).

- Tezislarning elektron nusxalari konferensiya tashkiliy qoʻmitasiga topshiriladi. Maqola va tezisning elektron nusxasi @SaidafzalSaidjalolov (+99890) 036-27-44 manziliga yuborilishi mumkin.

2. Tezisning har bir beti uchun 15.000 soʻm badal puli toʻlanadi. Toʻlovlar pul oʻtkazma orqali ABDUQODIROV JASURBEK nomiga ochilgan karta 8600312943181665  raqamiga elektron toʻlov tizimlari orqali yuboriladi. Toʻlovni tasdiqlovchi maʼlumot (skrinshot) muallif nomi koʻrsatilgan holda telegram orqali @AbduqodirovJ (+99899 484-75-76) manziliga yuborilishi soʻraladi.

Manzilimiz: Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 11, (pochta indeksi 100011) Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini oʻrganish ICESCO” kafedrasi. Telefon: (+99890) 036-27-44, (+99899) 484-75-76.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish