355

Harbiy xizmatchilar uchun navbatdagi malaka oshirish o‘quvlari boshlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida Mudofaa Vazirligi “Qo‘mondonlik tarkibi ofitserlari” uchun “Harbiy xizmatchilarda buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash asoslari” yo‘nalishida 72 soatlik malaka oshirish o‘quvlari boshlandi.

Mazkur o‘quvlarda 20 nafar tinglovchidan iborat Mudofaa Vazirligi Qo‘mondonlik tarkibi ofitserlari ishtirok etmoqda. O‘quv mashg‘ulotlari avvalgi kurslarda berilgan takliflar asosida ishlab chiqilgan yangi o‘quv modullari bilan olib borilyapti.

Tinglovchilarning mashg‘ulotlardan bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish maqsadida yurtimizda din sohasida olib borilayotgan islohotlar, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda qilinayotgan xayrli ishlar bilan bevosita tanishtirish uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Unga muvofiq, tinglovchilar malaka oshirish o‘quvlarining birinchi kuni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Manbalar xazinasi” bo‘limi faoliyati bilan tanishishdi. Bo‘limdagi islom tarixi va madaniyatiga doir qadimiy qo‘lyozma va toshbosma asarlar haqida ma’lumotlar yetkazildi. 

Shuningdek, Akademiya hududida joylashgan “Yunusxon”, “Shayx Xovand Tohur” va “Qaldirg‘ochbiy” maqbaralarini ziyorat qilishdi. Ularga mazkur ziyoratgohlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda. 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish