286

Akademiya jamoasi “Student’s Cup” musobaqasining nimchorak finalida

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi hamkorligida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Biz yangi O‘zbekiston yoshlarimiz” shiori ostida mini-futbol bo‘yicha “Student’s Cup” musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda yurtimizda faoliyat olib borayotgan 116 ta universitet va institut o‘z jamoasi bilan ishtirok etyapti.

Jumladan, musobaqada O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining talaba-yigitlaridan tashkil topgan jamoa ham muvaffaqiyatli qatnashmoqda. Dastavval, Akademiya jamoasi M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Toshkent shahridagi filiali jamoasini 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, navbatdagi bosqichda “Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti bilan murosasiz bahs olib borishdi. Asosiy vaqtda 1:1 hisobi qayd etilgach, penaltilar bahsida Akademiya jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Shunday qilib, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasi nimchorak finalga yo‘l oldi. Jamoaning keyingi bosqichdagi raqibi bugun qur’a tashlash marosimi orqali aniqlanadi.

Shu fursatdan foydalanib, Akademiya jamoasiga muvaffaqiyat va omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish