Xotira muqaddas
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Inson qadri ulug‘, xotirasi muqaddasdir!” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Faxriylar kengashi xodimlari hamda talabalar ishtirok etdi. Islomshunoslik fakulteti tomonidan tashkil etilgan tadbirni fakultet dekani Jahongir Tohirov ochib berdi.
Tadbir davomida harbiylar tinchlik bebaho ne’mat ekanligi, uni asrab-avaylash barchamiz uchun sharafli ekanligini ta’kidlashdi. Tinchlik, xotirjamlikni ta’minlashda jon fido qilganlarni xotirlash, yodga olish savobli amal ekani haqida so‘z yuritildi. Yoshlarga esa yaratilayotgan sharoitlardan unumli foydalanib, mamlakat rivojiga hissa qo‘shishlari zarurligini qayd etishdi.
Uchrashuv samimiy ruhda o‘tib, yakunda ishtirokchilarga minnatdorlik bildirildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish