377

“Yosh psixologlar klubi”ning navbatdagi debati o‘tkazildi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Yosh psixologlar klubi” tashkil etilgan. Klub tomonidan talabalar uchun turli davra suhbatlari, psixologik treninglar o‘tkazilmoqda.

Jumladan, bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Men psixologman” deb nomlangan debat bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Akademiya psixologi Gulruh Gʻaniyeva hamda talabalar ishtirok etdi. Davra suhbatini “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi mudiri Zebo Qosimova kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Muloqot davomida talabalar o‘zlarining psixologik bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. O‘zaro savol-javob, qizg‘in bahs-munozaralar talabalar uchun foydali bo‘ldi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish