395

“Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qonun muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi

So‘nggi yillarda raqamli ma’lumotlar xavfsizligi bilan bog‘liq xavflarning ortib borishi, davlat va jamiyat manfaatlari hamda fuqarolarning shaxsiy huquqlariga tahdid solishi – global raqamli boshqaruv uchun yangi muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Shu bois, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi hamda Kiberxavfsizlik markazi DUK hamkorligida “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qonun muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 

Davra suhbatida “Zamonaviy axborot kommunikatsiyalari texnologiyasi” kafedrasi mudiri Qurbon Raxmanov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi “Boshqaruvda AKT” kafedrasi professori Anvar Yo‘ldoshev, “Kiberxavfsizlik markazi” DUK xodimi Farrux Huseinov, Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi. 

Tadbirda mazkur qonunni qabul qilishda yuzaga kelgan mavjud vaziyat, qonunning maqsad va vazifalari tushuntirildi. Davra suhbati yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish