373

“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusidagi tadbirlar davom etmoqda

Farg‘ona viloyatidagi Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlarida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbatlari o‘tkazildi.

Mazkur uchrashuvlarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining o‘qituvchi-xodimlari ma’ruza qildi. Dolzarb mavzudagi tadbirlarda mahalla faollari, umumta’lim maktablarining pedagog-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Akademiya vakillari D.Rahimjonov, A.Qambarov, D.Murodov, Sh.To‘xtiyev, M.Muhammadsiddiqov, Y.Shukurov, R.Isaqjonov, H.To‘ychiyeva, A.Turg‘unova, M.Mo‘minovalar bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqimiz uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar haqida so‘z yuritishdi. 

Muloqotda so‘zga chiqqan ma’ruzachilar yurt tinchligi va taraqqiyotida yoshlarning munosib o‘rni borligi, islom dinining insonparvarlik, tinchlik va do‘stlik kabi olijanob ta’limotlari hamda internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan mafkuraviy xatarlar va ularni oldini olish masalalari kabi mavzularda ma’ruzalar qilindi. 

Shuningdek, bugungi globallashuv davrida turli mafkuraviy tahdidlarni oldini olish va ularga qarshi kurashish masalalari, ushbu jarayonlarda jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish muhimligi ta’kidlandi.

Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish