272

“Sharq allomalarining islom sivilizatsiyasiga qoʻshgan hissasi” mavzuidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

Soʻnggi yillarda Yangi Oʻzbekistonda ajdodlarimizning boy ilmiy-maʼnaviy merosini oʻrganish hamda keng targʻib qilish yuzasidan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda yurtimizda faoliyat koʻrsatayotgan Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy nomlari bilan atalgan xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari mazkur merosni keng jamoatchilikka yetkazishga xizmat qilmoqda.

Bu borada olib borilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyunda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5186-son Qarori bilan tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi” 27-bandi ijrosi boʻyicha “Sharq allomalarining islom sivilizatsiyasiga qoʻshgan hissasi” mavzusida xalqaro konferensiya oʻtkazilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan, 2022-yil 19-mayda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida “Sharq allomalarining islom sivilizatsiyasiga qoʻshgan hissasi” mavzuida onlayn xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkaziladi.

Konferensiyada quyidagi masalalarni muhokama qilish nazarda tutilgan:

– Sharq allomalari merosida islom ilmlarining oʻrganilishi;

– Movarounnahrda tabiiy va aniq fanlar rivoji;

– Musulmon olimlarining jahon ilm-fani taraqqiyotiga taʼsiri;

– Sharq allomalari ilmiy merosida bagʻrikenglik masalasining yoritilishi.

Mualliflar uchun maʼlumot

Konferensiyaga topshirilgan maʼruzalar tezislari ilmiy toʻplam shaklida chop etiladi. Ilmiy tezis matnida keltirilgan maʼlumotlarning haqqoniyligiga mualliflar javobgardir.

Tezis matnini rasmiylashtirish talablari:

1.  Tezis matni MS Office dasturining WORD 2003 muharririda, Times New Roman shrifti, 14 kegel kattaligi, 1,5 intervalda boʻlishi va 5 betdan oshmasligi lozim.

2.  Tezis matnlari tahrir qilingan holda A4 hamjdagi qogʻozga, yuqoridan va pastdan 2,5 sm., chapdan 3 sm., oʻngdan 1,5 sm. joy qoldirib, elektron tarzda tashkiliy qoʻmitaga topshiriladi. Iqtiboslar matn ostida beriladi.

3.  Maʼruzachining ismi, familiyasi, otasining ismi, ilmiy daraja va unvoni (oʻng yuqori burchak, kursivda, 10 kegel kattaligidagi shrift, 1 interval), tashkilot va shahar nomi, muloqot telefonlari joy kodi bilan (ikkinch qatorda) koʻrsatiladi. Soʻngra

1 interval qoldirib, tezisning nomi bosh harflar bilan yoziladi. Asosiy matn 1,5 intervalli qatorlarda yoziladi.

4.  Fayl nomi muallif yoki birinchi muallifning familiyasi bilan nomlanishi lozim.

5.  Maqolalar konferensiya yoʻnalishlariga oid dolzarb mavzularda oʻzbekturkarabinglizrus tillarida taqdim etilishi mumkin.

Telefon:

Telegram:

WhatsApp:

e-mail:

Konferensiya mavzusi, ilmiylik va nashr etish talablariga javob bermaydigan maqolalar konferensiya toʻplamiga kiritilmaydi. Tezislar 2022-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Konferensiya tili: oʻzbek, turk, arab, ingliz.  

Manba: 

Din ishlar boʻyicha qoʻmita

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish