294

Mehnat yarmarkalari davom etmoqda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida talabalar hamda ish beruvchi tashkilotlar bilan mehnat yarmarkalari o‘tkazilishi muntazamlik kasb etgan.

Akademiyada 2021-2022-o‘quv yili bitiruvchilari hamda ish beruvchi tashkilot vakillari o‘rtasida ana shunday mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Unda Shayxontohur tumanidagi bir qator umumta’lim maktablari, turli tashkilotlar hamda Akademiya huzuridagi muassasalar vakillari mavjud ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi. Talabalar uchrashuv davomida o‘zlarini qiziqtirgan ish o‘rinlari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish