“Amir Temur imperiyasi” kitobining taqdimoti o‘tkazildi
9-APREL — AMIR TEMUR TAVALLUD TOPGAN KUN
Buyuk sarkarda hamda davlat arbobi Amir Temur tavalludining 686-yilligiga bag‘ishlab, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Amir Temur imperiyasi” kitobining taqdimoti o‘tkazildi.
To‘lqin Alimardonov “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi professori, siyosiy fanlar doktori hamda “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi professori, siyosiy fanlar doktori Matluba Qahhorova so‘zga chiqib, kitob haqida o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Ma’ruzachilar tomonidan o‘zbek davlatchiligining tarixan shakllanishida Amir Temurning qo‘shgan hissasi ulkan ekanligini ta’kidlashdi. Ushbu davrda Sohibqiron markazlashgan davlat tizimini yaratib, Movarounnahr o‘lkasini dunyoning eng buyuk siyosiy, iqtisodiy, madaniy markaziga aylantirganini qayd etishdi.
Jumladan, taqdimoti o‘tkazilayotgan mazkur monografiyada ham Amir Temur imperiyasining ijtimoiy-siyosiy va diniy-madaniy asoslarini o‘rganishga qaratilgan. Unda turkiy xalqlar imperiyasining mohiyati, madaniy merosi, Sohibqironning davlat va hokimiyat boshqaruvi targ‘ibotlari, saltanat idorasi amallari, milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi, adolat tamoyillari, sarkardaning harbiy mahorati va buyuk shaxs siymosining bashariyat tarixidagi tutgan o‘rni siyosat falsafasi nuqtai nazaridan talqin etilgan.
Kitob “Amir Temurning siyosat falsafasi”, “Amir Temur imperiyasida kratologik ta’limot”, “Amir Temur imperiyasida boshqaruv tuzilmasi” hamda “Amir Temur imperiyasining siyosiy merosi” kabi boblardan iborat.
Taqdimot yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish