641

Bitiruvchilar klubi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining "Bitiruvchilar klubi"
 


O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 2019 yil mart oyida “Bitiruvchilar klubi” tashkil etildi. “Alumni club” ya’ni “Bitiruvchilar uyushmasi”  deb nomlandi. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasini shu kunga qadar minglab iqtidorli talabalar bitirgan, ular bugungi kunda Respublikamizning deyarli barcha vazirlik va idoralarida, yirik xalqaro tashkilotlar, yetakchi mahalliy va xorijiy kompaniyalarda o‘z faoliyatlarini muvaffaqiyatli olib borishmoqda. “Alumni club”ga 2003 yildan boshlab bitirgan sobiq bitiruvchilar hamda hozirgi kunda akademiyada tahsil olayotgan talabalar a’zo bo‘ldilar. “Alumni club” bitiruvchilar uyushmasining maqsadi – bitiruvchilar maqsadlarini qo‘llab-quvvatlash orqali O‘zXIA va bitiruvchilar o‘rtasida  doimiy aloqalarni mustahkamlash. “Alumni club” bitiruvchilar uyushmasi saytida bitiruvchilar bilan aloqa o‘rnatish uchun qulayliklar yaratish. Bitiruvchi haqida ma’lumotlarni doimiy kuzatish imkoniyati paydo bo‘ladi. “Alumni club” bitiruvchilar uyushmasi  a’zolari o‘rtasida bog‘lab turuvchi elektron tizim ishga tushadi. “Alumni club” bitiruvchilar uyushmasining qulayliklari – bitiruvchilar o‘z do‘stlarini topish imkonini beradi, O‘zXIA hayotidagi yangiliklardan xabardor bo‘lishadi, O‘zXIAning manbalar xazinasidagi kitoblardan foydalanishlari hamda bevosita hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yishlari mumkin. “Alumni club” bitiruvchilar uyushmasini talabalarga o‘z maslahatlari orqali ko‘plab masalalarni yechimida, “Alumni club” bitiruvchilar uyushmasi  a’zolarining ishga joylashish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar bartaraf etishda, ularni kelajagini qo‘llab quvvatlashda yordam berishi mumkin. Shuningdek, “Alumni club” bitiruvchilar uyushmasi  a’zolari O‘zXIAda bo‘lib o‘tadigan turli tadbirlarga taklif etiladilar. Tadbirlarda sobiq kursdoshlari bilan uchrashuvlar tashkil etiladi. O‘zXIAning bitiruvchisi bo‘lsangiz siz ham safimizga qo‘shiling. Kelajakda “Alumni club” bitiruvchilar uyushmasini rivojlanishida o‘z hissangizni qo‘shishingiz mumkin. Bunda, o‘zingiz bilgan O‘zXIAning sobiq bitiruvchilari bilan aloqangiz bo‘lsa, bizga ular to‘g‘risida ma’lumot berishigizni iltimos qilamiz. Tashrifingiz uchun rahmat.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida (Toshkent islom universiteti) tahsil olgan yuqori malakali mutaxassislar

F.I.O.

O‘qishga kirgan yili

Bitirgan yili

Ish joyi

Аdilov Dilshod Seyitmametovich

1999

2003 (2006)

 Ichki ishlar vazirligining Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi yetakchi mutaxassisi

Аripxodjayeva Fotima Xolxodjayevna

1999

2003

Elektron hukumatni rivojlantirish bosh boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i

Бахtiyev Olimjon Abdurubovich

1999

2003

 Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Ziyonet” bo‘limi boshlig‘i

Goibnazarov Raxmatulla Raximboyevich

1999

2003

Davlat bojxona qo‘mitasining Oliy harbiy bojxona institutida Ilmiy kengash kotibi, Pedagogika fanlari nomzodi

Djumayev Sherzod Shoniyazovich

1999

2003

“Navbahor” tekstil korxonasining bosh direktori

Nurillayev Ilxomjon Yunusovich

1999

2003

ATB Sanoat qurilish banki Toshkent shahar filiali boshqaruvchi o‘rinbosari

Burxonov Komil Raximdjonovich

1999

2003

O‘zbekiston musulmonlari idorasi yetakchi mutaxassisi

Axmedov Ikrom Baxtiyarovich

1999

2003

O‘zbekiston musulmonlari idorasida “Vaqf” xayriya jamoat fondining boshqaruvi rahbari o‘rinbosari

Sobirov Bexruz Baxodirovich

1999

2003

 Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani hokimligi qoshidagi “Yakkasaroy invest” unitar korxonasining bosh mutaxassisi

Shukurlayev Sherzod Mamarajabovich

1999

2003

“O‘zbekneftgaz” AJ boshqarmasi bosh mutaxassisi

Muxammadiyev Otabek Bozorovich

1999

2003 (2006)

“Imom Buxoriy” xalqaro ilmiy tadqiqot markazining “Nashrlar” bo‘limi boshlig‘i

Azizov Xasan Xabibullayevich

1999

2003

Davlat test markazida Ingliz tili bo‘yicha sertifikat berish bo‘limi boshlig‘i

Raxmatullayev Asliddin Djurayevich

1999

2003 (2006)

O‘zbekiston musulmonlari idorasi muftiy yordamchisi

Umarov Bexzod Shuxratovich

1999

2003

Toshkent shahar, Yunusobod tumanidagi Savdo-sanoat palatasida bo‘lim boshlig‘i

Maxsudov Davronbek Rustamovich

1999

2003 (2006)

O‘zXIAning Islom sivilizatsiyasini o‘rganish ISESCO kafedrasi mudiri, tarix fanlari nomzodi

Gafurov Azimjon Sharipovich

1999

2003

Toshkent shahridagi Islom sivilizatsiyasi markazi mutaxassisi

Babadjonov Dilshodxon Sadriddinovich

1999

2003

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Xalqaro aloqalar bo‘limi bosh mutaxassisi

Egamov Abdumalik Adxamjonovich

1999

2003

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi qoshidagi Tarix instituti ilmiy xodimi

Qirg‘izov Baxtiyor Xudoberdiyevich

1999

2003

Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish, ilmiy ishlab chiqarish bosh boshqarmasining Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari bo‘yicha davlat inspeksiyasida bo‘lim boshlig‘i; “Vaqf” fondi Farg‘ona viloyati filiali ish boshqaruvchisi

Mamataxunov Nozim Azizovich

2000

2004

“ORIENTAL CLASSIC STUDY” nodavlat ta’lim muassasasining bosh direktori

Minovarova Nigora Shoazizovna

2000

2004

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Xotin-qizlar bo‘limining 1-toifali mutaxassisi

Xaydarov Xurshidbek Latipjonovich

2000

2004

O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi xodimi

Xudayberganov Dilmurod Baxtiyorovich

2001

2005

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligida mas’ul xodim

Adilov Olimjon Seyitmametovich

2001

2005

Xorazm viloyati “Faxriddin ar-Roziy” o‘rta maxsus bilim yurtida ma’naviy ishlar bo‘yicha mudir

Abidxadjayev Umid Kutpitdinovich

2005

2009

2018-yilgacha Osiyo taraqqiyot bankining Aql markazi konsultanti. 2018- yildan Yaponiyadagi Kiyo (Keio) universiteti Oliy iqtisod maktabining ilmiy xodimi. Mazkur universitetning 2014-yil magistraturasini, 2017-yil doktoranturasini tamomlagan.

Parpiyev Baxtiyor Gʻayratjonovich

2007

2011

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Farg‘ona viloyati bo‘yicha “Nazorat inspeksiyasi”da huquqshunos-maslahatchi

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish