Ilmiy kengash
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi DSc.26.04.2018.Isl/Tar/Fil/F.57.01 raqamli Ilmiy kengash OAKning 2018-yil 26-apreldagi 92-son qarori bilan tasdiqlangan. Ilmiy kengashga
24.00.01 – ISLOM TARIXI VA MANBASHUNOSLIGI ixtisosligi islomshunoslik va tarix fanlari bo‘yicha;
24.00.02 – QUR’ONSHUNOSLIK. HADISSHUNOSLIK ixtisosligi islomshunoslik, tarix, filologiya va falsafa fanlari bo‘yicha;
24.00.03 – FIQH, KALOM ILMI. ILOHIYOT ixtisosligi islomshunoslik, tarix, filologiya va falsafa fanlari bo‘yicha;
24.00.04 – MUMTOZ SHARQ ADABIYOTI VA MANBASHUNOSLIGI ixtisosligi islomshunoslik va filologiya bo‘yicha;
Ilmiy kengashga 07.00.04 – DINSHUNOSLIK ixtisosligidan tarix, falsafa, filologiya fanlari bo‘yicha dissertatsiyalarning bir marotabalik himoyasi ruxsat etilgan.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy kengashi raisi
rais o‘rinbosari – t.f.d, prof. XASANOV AHADJON AXMEDJANOVICh,
ilmiy kotib – t.f.n., dots. RAXIMDJANOV DURBEK ABIDJANOVICh.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi fan doktori ilmiy darajalar beruvchi DSc.26.04.2018.Isl/Tar/Fil/F.57.01 raqamli Ilmiy kengash qoshida ilmiy seminar faoliyat olib bormoqda.
Ilmiy seminar raisi – t.f.d., prof. AGZAMXODJAYeV SAIDAKBAR SAIDOVICh,
Rais o‘rinbosari – fil.f.d. NIZOMIDDINOV NAJMIDDIN GʻULOMOVICh,
Seminar kotibi – t.f.n. ALIMOVA MAHFUZA FAXRUDINOVNA
Ilmiy kengashda 2018-yilda quyidagi himoyalar amalga oshirildi:
24.00.04 – Mumtoz sharq adabiyoti va manbashunosligi ixtisosligidan:
1) Rustamiy Salimaxon Aliybeg qizining “O‘rta asrlar islom balog‘at ilmida tilshunoslikka oid qarashlar” mavzuidagi filologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertasiyasi himoyasi 2018-yil 4-oktyabr;
2) Gulxumor Ummataliyevna To‘ychiyevaning “Islom davri she’riyatida aruz tizimi va uning evolyusion taraqqiyoti” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertasiyasi himoyasi 2018-yil 29-noyabr;
24.00.01 – “Islom tarixi va manbashunosligi” ixtisosligidan:
3) Alloqulov Abdulatif Abdullayevichning “Abu Hafs Nasafiyning “Aqoid” asari va uning sharhlari tahlili” mavzusidagi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertasiyasi himoyasi 2018-yil 13-dekabr;
Tadqiqotchi Asrorova Lobar Qobilovnaning “Alouddin Buxoriy “Hayratu-l-fuqaho” asarining islom manbashunosligida tutgan o‘rni” mavzusidagi 24.00.01 – Islom tarixi va manbashunosligi ixtisosligi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertasiyasi himoyasi 2019-yil 29-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.
Tadqiqotchi Umarov Shukurillo Xursanmurodovichning “Abdulhamid Keshiy ilmiy merosining VIII-IX asrlar Movarounnahr hadis ilmi rivojidagi o‘rni” mavzusidagi 24.00.02 – Qur’onshunoslik. Hadisshunoslik ixtisosligi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertasiyasi himoyaga qabul qilindi va O‘zR OAK veb-sayti va “OAK Byulleteni” jurnalida himoya e’loni uchun taqdim etilgan.
Ilmiy kengashi ilmiy kotibi v.b.
Gafurova Irodaxon Muxtarovna
Телефон: (+998 71) 244 00 56
E-mail: gafurova_irodaxon@iiau.uz
Izoh qoldirish