271

Akademiya hamkorlari soni ortmoqda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Toshkentdagi I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti o‘rtasida kuni kecha hamkorlikka oid o‘zaro Anglashuv memorandumi imzolandi.

Mazkur hujjat ikki ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘quv-uslubiy va ilmiy-amaliy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. O‘zaro Anglashuv memorandumiga ko‘ra, ma’rifiy-ma’naviy tadbirlarni tashkil etish, unda ishtirok etish uchun hamkorlar o‘z vakillarini taklif qilish, ikki tomonning ilmiy-tadqiqotchilari va mutaxassislari amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, ushbu yo‘nalishda davra suhbatlari o‘tkazish ko‘zda tutilgan. 

Shuningdek, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ijtimoiy-gumanitar fanlar boʻyicha ochiq maʼruzalar, davra suhbatlari oʻtkazish maqsadida qisqa muddatli professor-oʻqituvchilar almashinuvini tashkil etiladi. Hamkorlikda ilmiy konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlar, vebinarlar, onlayn kurslar o‘tkaziladi. Ilmiy nashrlarni yo‘lga qo‘yish belgilangan.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish